Выберите язык

Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro O.T. tuman markazida joylashgan "I" do‘konidan "Premer" televizorini sotib olgan. Lekin oradan ko‘p vaqt o‘tmay texnikada nosozliklar yuzaga kelgan.

Fuqaro darhol nosoz televizorni "I" do‘koniga ta’mirlash uchun qayta topshirgan. Biroq oradan 7 oy vaqt o‘tishiga qaramay, televizor egasiga qaytarib berilmagan. Eng achinarlisi, fuqaro televizordan foydalanmagan bo‘lsa-da, uning krediti uchun pul to‘lab kelishga majbur bo‘lgan.

Muammolardan qiynalgan fuqaro yordam so‘rab Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Murojaatni o‘z vaqtida o‘rganib chiqqan Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi A.Sadullayev tomonidan 2026 yil 6 oktyabrda "I" do‘koni rahbariga rasmiy xat chiqarilgan. Xatda iste’molchining huquqlari buzilayotganligi qattiq tanqid qilinib, iste’molchining huquqlari tushuntirildi va masalani tez muddatda ijobiy hal etish talab qilingan.

Rasmiy ogohlantirish va qat’iy harakatlar o‘z natijasini berdi. 2026-yil 8-oktyabr kuni, ya’ni murojaat qilinganidan so‘ng qisqa muddat ichida fuqaroning muammosi to‘liq ijobiy hal etildi. Nosoz televizor o‘rniga yangi va sifatli televizor almashtirib berildi.

Fuqaro O.T. ko‘rsatilgan yordam uchun Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga hamda mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening