Выберите язык

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining buyrug‘i asosida, Mo‘ynoq tumani maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida jamoatchilik monitoringi ishlari olib borilmoqda.

🔍 Monitoring jarayonida quyidagilar jiddiy o‘rganilmoqda:

🥗 Sog‘lom ovqatlanish va sanitariya holati: Bolalarga tayyorlanayotgan taomlarning menyu (taomnoma) asosida tayyorlanishi, oziq-ovqatlar saqlanadigan muzlatgichlar, sut va go‘sht mahsulotlarining saqlash tartibi va kundalik taomlar namunalari;

🚰 Gidravlika va gigiyena sharoitlari: Bolalarning qo‘llarini yuvishi uchun yaratilgan sharoitlar, tozalik va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi;

🧸 Tarbiya xonalari va imkoniyatlar: Bolalar kiyinish xonalari, xonalarning tozaligi, o‘quv qurollari va umumiy xavfsizlik sharoitlari ko‘rikdan o‘tkazildi.

👩‍🏫 Pedagog va tarbiyachilar bilan suhbat: mutaxassislar bilan bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, shartnoma shartlariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📌 Jamoatchilik monitoringining asosiy maqsadi - bolalarimizning xavfsiz hamda talablarga to‘liq javob beradigan muhitda tarbiyalanishini ta’minlashdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening