Выберите язык

         Karmana tumani “Kumushkon” MFYda yashovchi fuqaro X. N 2026 yil 1 aprel kuni Karmana tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, 8 million so‘mga sotib olgan skuteri nosoz holatda chiqqanidan shikoyat qilgan.

        Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan shu kunning o‘zidayoq ko‘rib chiqilib, tezkor choralar ko‘rildi. O‘rganishlar natijasida iste’molchining haqligi tasdiqlanib, sotib olingan nosoz skuter yangisiga almashtirib berildi.

        Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yana bir bor namoyon etdi. Fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va adolatli hal etilishi esa aholining ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening