Выберите язык

Qoʻngʻirot tumani fuqarosi "A.O." tuman markazida joylashgan "I" doʻkonidan shartnoma asosida 5 496 000 soʻmga, 24 oy davomida har oy 229 000 soʻmdan boʻlib toʻlash sharti bilan antiradar sotib olgan.

Oradan koʻp oʻtmay antiradar ishlamay qolgan. Isteʼmolchi doʻkon bilan bogʻlanib, mahsulotni qaytarib olishlarini soʻragan, biroq kutilgan natijaga erisha olmagan.

Shundan soʻng, isteʼmolchi antiradarni almashtirib berish yoki shartnomani bekor qilish boʻyicha Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat Qoʻngʻirot tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan toʻliq oʻrganib chiqildi.


Mutaxassislar doʻkon bosh ofisi muhandisi "J.N." bilan bogʻlanib, tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Natijada, isteʼmolchining antiradari servis xizmatiga yuborildi va bepul taʼmirlab berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening