Выберите язык

Navoiy viloyati Navbahor tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, uning manfaatlari himoya qilindi.
🔹 Navbahor tumani Sarbozor MFY, Yangiqo‘rg‘on ko‘chasi, 84-uyda yashovchi fuqaro Shodmonova Shahnоза 2026-yil 15-oktabr kuni Beshrobot markazida joylashgan “IDEA” savdo markazidan kredit asosida XIAOMI 17T rusumli telefon xarid qilgan.
🔹 Fuqaro telefon narxi va kredit limiti hisob-kitobidan norozi bo‘lib, savdo markaziga bir necha bor murojaat qilgan. Biroq murojaatlari ijobiy hal etilmagach, Navbahor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat bilan murojaat qilgan.
⚖️ Navbahor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, masalaga qonuniy asosda yechim topishga ko‘maklashildi.
✅ Natijada fuqaroning istagiga ko‘ra, arzonroq telefon xarid qilishi va kredit limiti doirasida zarur vositalarni olishi ta’minlandi.
💰 Mazkur holatda 8 million so‘mlik telefon 12 million 700 ming so‘mga hisoblanganligi yuzasidan kelib chiqqan muammo ijobiy hal etildi.
🤝 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish — har birimizning muhim vazifamiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening