Выберите язык

Fuqaro D.Kamalovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga qilgan murojaati asosida, Chimboy tumani va boshqa hududlardagi yo‘nalishli taksi va avtobuslarda monitoring ishlari o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida qanday kamchiliklar aniqlandi?

- Narx va litsenziya: O‘zboshimchalik bilan yo‘l haqini oshirish, litsenziyasiz taksi xizmatini ko‘rsatish;

- Texnik nazorat: Transport vositalarining har kunlik texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi va xavfsizlik nazoratining sustligi;

- Ma’lumotlar yo‘q: Avtobus va taksilarda korxona, aloqa telefonlari va ishonch telefonlari raqamlari ko‘rsatilmagan;

- To‘lov va imtiyozlar: Naqd pulsiz to‘lov (QR-kod, bank va transport kartalari) yo‘lga qo‘yilmagan, chipta/chek berilmaydi;

- Imkoniyati cheklangan shaxslar va keksalar uchun ajratilgan joylar tegishli belgi bilan belgilanmagan va kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan;

⚖️ Qanday chora ko‘rilmoqda?

Avtotransport korxonasi rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa muddat ichida bartaraf etish, yo‘lovchilarga qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari avtotransport haydovchilariga har qanday huquqbuzarliklarni sodir etmaslik, aholining osoyishta va farovon hayotini ta’minlashda avtotransport haydovchilari o‘rtasida turli javobgarliklarga sabab bo‘ladigan holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirildi.

📌 Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va transport xizmati sifatini nazorat qilish davom etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening