Выберите язык

Xiva tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi M.R. joriy yilning 10-iyun kuni savdo doʻkonidan 900 000 (toʻqqiz yuz ming) soʻm qiymatidagi ayollar koʻylagini xarid qilgan. Biroq, kiyimning oʻlchami toʻgʻri kelmagani sababli, isteʼmolchi ertasi kuni uni sotuvchiga ko'ylakni qaytarib topshirgan.

Shunga qaramay, doʻkon tomonidan mahsulot uchun toʻlangan 900 000 (toʻqqiz yuz ming) soʻm pul mablagʻi isteʼmolchiga qaytarilmagan. Ushbu holatdan norozi boʻlgan M.R. ismli iste'molchi  Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 Ishonch telefoniga  murojaat qilgan.

Murojaat Urganch shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilib, isteʼmolchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar koʻrildi. Natijada, isteʼmolchi foydasiga masala ijobiy hal etilib, 900 000 (toʻqqiz yuz ming) soʻm pul mablagʻi toʻliq qaytarilishi taʼminlandi.

Hurmatli isteʼmolchilar! Agar sizning  huquqlaringiz buzilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 Ishonch telefoniga  murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening