Выберите язык

Hozirgi vaqtda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga o'z vaqtida adolatli tarzda javob berilishi jamiyatda muhim o'rin tutadi.

Ushbu yilning iyul oyida Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan bir murojaat buning yaqqol misoli bo'la oladi.

Qanliko'l tumani "Qo'njap" MFY turg'uni Xojamuratova Rayda onkologiya kasalligi bo'yicha Toshkent shahrida davolanishi uchun vaucher olishda amaliy yordam so'ragan.

Murojaatchining bildirishicha, onkologik kasallik bilan kurashayotgan bemor qiyinchiliklarga uchragan.

Shunga qaramay, Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining aralashuvi va tegishli soha vakillarining ishtiroki bilan bu masala ijobiy yechimini topdi.

Nukus shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati inspektori M. Sarqitbayevning ma'lumotiga muvofiq, murojaat asosida qisqa muddatda o'rganish ishlari olib borildi.

Natijada Respublika onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali tomonidan iyul oyiga vaucher ajratilishi ta'minlandi.

Ko'rsatilgan yordamdan ko'ngli to'lgan bemorning yaqinlari jamiyatga o'zlarining chin yurakdan minnatdorchiligini bdirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening