Выберите язык

Ellikqalʼa tumani «Saxtion» MFY Gulbogʻ koʻchasida yashovchi fuqaro J.A. bu koʻchaga 2007-yili koʻchib kelgan boʻlib, hozirda bu koʻchada 29 ta oila yashabotganligi, biroq isteʼmolchi koʻpayganligi sababli elektr toki pasayib, natijada xoʻjalik buyumlari kuyib ketavergan.

Bu boʻyicha Ellikqalʼa tumani hokimligiga va Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ham murojaat etgan, biroq hech qanday natija boʻlmagandan soʻng, ushbu koʻchada yashovchi fuqarolar oʻzlari pul yigʻib 6 000 000 million soʻmga transformator sotib olgan.

Hozirda transformator elektr tokiga ulangan, biroq oilalarning uyiga ulanmagan.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari mutaxassislari ham agar tayanch ustun va kabellarni oʻzlari sotib olsagina ulab berishligini aytgan.

Hozirgi kunda sotib olingan transformator elektrga ulangan, biroq atrofida hech qanday toʻsiq yoʻqligi sababli ushbu yerda yashovchi fuqarolarga xavf tugʻdirgan.

Yuqorida koʻrsatilgan vaziyat boʻyicha Ellikqalʼa tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi. Jamiyat mutaxassislarining tezkor turda aralashuvi natijasida transformator boʻyicha SIP kabel hamda tayanch ustunlari oʻrnatilib, masala qonuniy tarzda ijobiy yechim topdi.

Fuqarolar jamiyat rahbari U.Aminovga va mutaxassislarga oʻzining chin yurakdan minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening