Выберите язык

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilar va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hal etish O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Federatsiya tomonidan iste’molchilarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali fuqaro S.O. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro “ALLIANCE AZIA GROUP” MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida 52 952 228 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirgani, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra xizmatdan foydalanish niyati o‘zgargani va shartnomani bekor qilish yuzasidan murojaat qilganini bildirgan.
Shuningdek, fuqaro shartnoma bekor qilinishi masalasida tegishli tartibda murojaat qilgan bo‘lishiga qaramasdan, to‘langan mablag‘ni qaytarish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelgani, natijada o‘zining iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlari ta’minlanmayotganidan norozi ekanligini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Toshkent hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar, taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari hamda amaldagi qonunchilik normalari atroflicha tahlil qilinib, iste’molchining huquq va manfaatlarini tiklash yuzasidan zarur huquqiy hamda tashkiliy choralar ko‘rildi.
Toshkent shahar hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish va amaliy ishlar natijasida masala ijobiy yechim topdi. Natijada fuqaro tomonidan to‘langan 52 952 228 so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘liq ravishda qaytarildi hamda tomonlar o‘rtasidagi masala qonuniy tartibda bartaraf etildi.
Mazkur murojaatning ijobiy hal etilishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining amaliy samaradorligini, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini tiklash borasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini yana bir bor namoyon etdi. Eng muhimi, iste’molchining buzilgan huquqi tiklanib, unga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararlarning oldi olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening