🔹 O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)da Navoiy viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maqola e’lon qilindi.
⚖️ Maqolada O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy tuzilmalari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar keng yoritilgan.
📌 Xususan, Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaat asosida fuqaroning 230 million so‘mlik uy-joy shartnomasi bo‘yicha to‘lagan mablag‘larini qaytarish masalasi sud tartibida hal etilgan.
🛵 Shuningdek, Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar natijasida Navoiy shahrida yashovchi fuqaroga 8 million 500 ming so‘mlik nosoz skuter o‘rniga yangi skuter taqdim etilgan.
❄️ Navbahor tumanidagi fuqaroning nosoz konditsioneri bo‘yicha murojaati ham o‘rganilib, iste’molchining huquqlari tiklangan va mahsulot yangisiga almashtirib berilgan.
🤝 Mazkur misollar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, fuqarolar murojaatlariga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashilayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.
✅ Iste’molchining huquqi — qonun himoyasida!
📱 1091 — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishonch telefoni
OAV BIZ HAQIMIZDA: ISTE’MOLCHILAR HUQUQI QONUN HIMOYASIDA
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 299
























