Выберите язык

Fuqarolarning qonun bilan kafolatlangan iste’molchi huquqlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatida hisob-kitoblarning haqqoniyligini qaror toptirish hamda kommunal xizmatlar sohasida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi esa davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi uzviy hamkorlik, shuningdek, jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlari orqali ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-apreldagi 414-son qarori hamda Andijon viloyati hokimining tasdiqlangan kuzatuv-o‘rganish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Andijon viloyati hududiy birlashmasi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida keng qamrovli ijtimoiy xatlov ishlari tashkil etildi. O‘rganishlar davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar, joylardagi haqiqiy holat va elektron billing tizimidagi ma’lumotlar o‘zaro solishtirilib, har bir holat huquqiy va amaliy jihatdan tahlil qilindi.

Tahlillar natijasida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari bo‘yicha ayrim iste’molchilarga amaldagi holatga mos kelmaydigan qarzdorliklar hisoblangani aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan sanitariya-tozalash korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi, hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqildi hamda elektron billing bazasiga zarur tuzatishlar kiritildi.

Ko‘rilgan choralar qisqa muddatda amaliy natija berdi. Xususan, 2026-yil may oyida 1 milliard 519 million so‘m, iyun oyida esa 347 million so‘m miqdoridagi asossiz qarzdorlik “Toza Makon” elektron billing tizimidan chiqarildi. Natijada ikki oy davomida jami 1 milliard 866 million so‘mlik noreal qarzdorlik bekor qilinib, minglab iste’molchilarning qonuniy manfaatlari tiklandi.

Erishilgan ushbu natijalar jamoatchilik nazoratining amaliy ahamiyati tobora ortib borayotganini, elektron hisob-kitob tizimlari ustidan doimiy monitoring yuritish muhimligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik o‘zining aniq samarasini berayotganini tasdiqlaydi. Bu kabi tizimli ishlar aholining kommunal xizmatlar sohasiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish sifati va hisob-kitoblar shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening