Выберите язык

Har bir xarid ortida iste’molchining ishonchi va qonun bilan kafolatlangan huquqlari turadi. Mahsulot belgilangan sifat talablariga javob bermasa yoki sotuvchi o‘z majburiyatlarini bajarmasa, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilishga haqli. Navbatdagi murojaat ham o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari to‘liq tiklandi.

Marhamat tumani Do‘stlik MFYda yashovchi fuqaro Ahmedov K. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, xarid qilgan Artel rusumli konditsioner texnik nosoz holatda chiqqani hamda sotuvchi tomonidan mahsulot almashtirib berilmayotganini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, iste’molchi 2026-yil 15-iyun kuni Marhamat tumani markazidagi “Imkon” savdo do‘konidan konditsionerni bir yil muddatga bo‘lib to‘lash shartnomasi asosida xarid qilgan. Mahsulot uyga olib borilib tekshirilganda unda texnik nosozlik mavjudligi aniqlangan.

2026-yil 16-iyun kuni mahsulot do‘konga qaytarilgan bo‘lsa-da, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilmagan. Aksincha, unga shartnomani qayta rasmiylashtirish taklif etilgan.

Murojaat Marhamat tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tegishli huquqiy choralar ko‘rildi. Natijada iste’molchiga yangi, texnik jihatdan soz Artel rusumli konditsioner topshirildi.

Shu tariqa murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy huquqlari to‘liq tiklandi. Bu kabi holatlar iste’molchilarning qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinayotganini va har bir asosli murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening