Выберите язык

Toshkent viloyati Angren shahri 5/1B-kvartal, 30-uy, 8-xonadonda yashovchi fuqaro L. Jo‘rayeva tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch raqamiga murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste’molchi Angren shahrida joylashgan “Bilayn” maishiy texnika do‘konidan mobil telefon xarid qilgani, biroq telefonning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tkazilishi masalasida zarur xizmat ko‘rsatilmagani va bu holatdan norozi ekanligini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchi va sotuvchi o‘rtasidagi holat yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi hamda masala amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan muammo bartaraf etilib, uning qonuniy manfaatlari tiklandi. Natijada fuqaro L. Jo‘rayevaning murojaati ijobiy hal etildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tezkor va sifatli ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda iste’mol bozorida adolatli munosabatlarni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Har bir iste’molchining huquqi qonun himoyasida bo‘lib, kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening