Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa  ishonch telefoniga fuqaro M.D. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda ta’kidlanishicha, iste’molchi Yangiyo‘l shahrida joylashgan Idea savdo do‘konidan televizor va mobil telefon xarid qilish maqsadida muddatli to‘lov shartnomasini rasmiylashtirgan. Biroq xarid jarayonida uning qo‘lida yosh farzandi bo‘lgani sababli shartnoma shartlari bilan batafsil tanishish imkoniyati bo‘lmagan.
Uyiga qaytgach, shartnoma hujjatlarini diqqat bilan o‘rganib chiqqan iste’molchi mobil telefon uchun belgilangan to‘lov jadvali va umumiy to‘lov summasi o‘zi kutganidan ancha yuqori ekanligini aniqlagan. Shundan so‘ng u televizorni o‘zida qoldirgan holda mobil telefonni shartnomadan chiqarish va mazkur xaridni bekor qilish masalasida savdo do‘koniga murojaat qilgan. Ammo do‘kon ma’muriyati tomonidan uning talabi rad etilgan.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda Yangiyo‘l shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. Mutaxassislar murojaat joyiga chiqib, holat yuzasidan savdo korxonasi vakillari bilan muzokaralar olib bordilar hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rdilar.
O‘rganishlar va olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida masala iste’molchi foydasiga hal etildi. Mobil telefon bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinib, iste’molchining talabi qanoatlantirildi.
O‘zining qonuniy huquqlari tiklanishiga ko‘maklashgan Yangiyo‘l shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga minnatdorlik bildirgan fuqaro M.D. tashkilot nomiga tashakkurnoma yo‘lladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening