Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Ishonch telefoniga fuqaro K.A. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda ma’lum qilinishicha, fuqaro Uzum Market mobil ilovasi orqali maishiy texnika buyurtma qilgan va buyurtmani Bekobod tumani, Zafar shaharchasida joylashgan Uzum Market topshirish punktidan qabul qilib olgan. Mahsulot qutisi shikastlangan holatda bo‘lishiga qaramasdan, iste’molchi uni joyida tekshirmasdan olib ketgan.
Keyinchalik, fuqaro uy sharoitida mahsulotni batafsil ko‘zdan kechirganida, ushbu texnika avval ham boshqa shaxslar tomonidan xarid qilinganligini aniqlagan. Xususan, mahsulotga ilova qilingan hujjatlar va to‘lov cheklarida 12-yanvar hamda 22-yanvar kunlari turli ism-familiyadagi fuqarolar tomonidan xarid qilinganligi qayd etilgan.
Mazkur holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi 6-may kuni mahsulotni qaytarish maqsadida Uzum Market topshirish punktiga murojaat qilgan. Biroq, punkt xodimlari tomonidan mahsulotni qaytarib olish rad etilgan.
Shundan so‘ng fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan. Murojaat hududiy birlashmaning mas’ul mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganilib, tegishli tashkilot bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida iste’molchining qonuniy talablari qanoatlantirilib, murojaat ijobiy hal etildi hamda uning buzilgan huquqlari tiklandi.
Federatsiya fuqarolarga xarid qilinayotgan mahsulotlarni qabul qilish jarayonida ularning tashqi ko‘rinishi, butligi va hujjatlarini sinchkovlik bilan tekshirishni tavsiya etadi. Shuningdek, iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening