Выберите язык

So‘nggi paytlarda aholi o‘rtasida bo‘lib to‘lashga turli texnika va transport vositalarini sotib olish ommalashgan. Biroq, ayrim hollarda sotuvchilarning o‘z va’dalariga amal qilmasligi iste’molchilarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Nukus shahri, "Bo‘ston" MFYda yashovchi fuqaro Azamat Darxonov To‘rtko‘l tumanidagi "V.T" do‘konidan bo‘lib to‘lashga skuter va havo sovutgich (konditsioner) sotib olgan. Biroq do‘kon xodimlari tomonidan sotib olingan skuter o‘rniga boshqa, arzon rusumdagi skuter yetkazib berilgan. Shuningdek Havo sovutgichni o‘rnatib berish uchun ustalar vaqtida yuborilmagan.

Fuqaroning do‘kon mutaxassislariga qilgan shikoyatlari natijasiz qoldirilgach, u o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab To‘rtko‘l tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etgan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan ushbu holat tezkorlik bilan o‘rganilib, do‘kon mas’ullari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada: Sotuvchi o‘z kamchiliklarini tan olib, skuterni sifatli turiga almashtirib berishga va’da berdi.
Havo sovutgichni o‘rnatish uchun ustalar yuborildi va masala to‘liq ijobiy hal etildi.

✍️ Eslatib o‘tamiz: "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, har bir iste’molchi sifatli va shartnomada ko‘rsatilgan ehtiyojga mos va kelishilgan vaqtda yetkazib beriladigan tovarlarni olish huquqiga ega! Agar siz ham shunday muammolarga duch kelsangiz, 95 (601-10-91) ishonch telefoniga murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening