Выберите язык

Nukus shahrida yashovchi N.Sultanov "Yandex" ilovasi orqali taksi buyurtma qilgan. Biroq taksi belgilangan manzilga kelmaganiga qaramay, uning bank kartasidan 13 000 so‘m pul yechilgan va buyurtma bajarilgan deb belgilangan.

Ushbu holat bo‘yicha iste’molchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan. Murojaat asosida Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan "Yandex" kompaniyasi rahbariyatiga rasmiy xat yuborilib, muammoning qonuniy yechimini topish bo‘yicha ish olib borilgan.

Natijada, iste’molchining bank kartasidan yechib olingan 13 000 so‘m to‘liq qaytarib berildi.

Bu holat iste’molchilar huquqlari buzilgan holatda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish orqali o‘zlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishlari mumkinligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening