Выберите язык

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, akademik litseylar, kollejlar va texnikumlarda talaba va o‘quvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan ta’lim, ijtimoiy-maishiy va madaniy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida jamoatchilik nazorati boshlandi.

Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining "Ijtimoiy nazorat to‘g‘risida," "Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida," "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi 414-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

📌 Asosiy yo‘nalishlar va muddatlar:
O‘tkazilish davri: 2026-yilning 24-sentyabr sanasidan 23-oktyabr sanasigacha.

Maqsad: Ta’lim muassasalarida talaba va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati va iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash.

⚠️ Muhim shartlar: O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga mutlaqo aralashmaslik, o‘quv jarayonlari va darslarning tashkil etilishiga xalaqit bermasligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Ishchi guruhlar faoliyatida korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi.

Monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va hisobotlar umumlashtirilib, Federatsiya markaziy apparatiga taqdim etiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening