Выберите язык

ASOSSIZ BIRIKTIRILGAN QARZDORLIK BARTARAF ETILDI

Namangan tumanida yashovchi fuqaro A.X. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Ishonch telefoniga murojaat qilib, boshqa hududdagi chiqindi xizmati abonentining qarzdorligi uning roziligisiz o‘z nomi va yashash manziliga biriktirib qo‘yilganidan noroziligini bildirdi.

Murojaat Namangan tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “Toza hudud” davlat muassasasi Namangan tumani filiali mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning pasport va JSHSHIR ma’lumotlari boshqa abonent hisob raqamiga noto‘g‘ri biriktirilgani aniqlandi.
Mutaxassislarning amaliy yordami bilan fuqaroning ma’lumotlari tegishli shaxsiy hisob raqamiga qayta biriktirilib, asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.

Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening