⚡️ Qarshi shahrida elektr hisoblagichi bo‘yicha asossiz qarzdorlik bekor qilinib, iste’molchi huquqi tiklandi
💡 Elektr energiyasi iste’molchilarga uzluksiz va sifatli yetkazilishi bilan bir qatorda, uning hisob-kitoblari ham qonuniy va shaffof yuritilishi lozim. Afsuski, ayrim holatlarda hisoblagich o‘rnatish yoki qarzdorlikni hisoblashdagi xatolar fuqarolarning huquqlariga putur yetkazishi mumkin.
✔️ Bunday vaziyatlarda iste’molchilar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqlidir.
📍 Qashqadaryo viloyati
📑 Fuqaro A.F. o‘z xonadoniga yangi elektr hisoblagichi o‘rnatilganidan so‘ng unga nisbatan 7 million so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblangani va uy elektr tarmog‘idan uzilganidan norozi bo‘lib, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
🏢 Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari masalani atroflicha o‘rganib chiqdi.
🖋 O‘rganish natijasida hisoblagich o‘rnatish tartibi buzilgani va qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlangan.
✅ Fuqaroning murojaati asosida tegishli organlarga murojaat qilish va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Masala huquqiy yo‘l bilan bartaraf etildi.
🤝 Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan huquqiy ko‘mak natijasida fuqaroning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, masala ijobiy hal etildi.
❗️Har bir iste’molchi kommunal xizmatlardan foydalanishda adolatli va qonuniy munosabat talab qilish huquqiga ega. Agar siz ham asossiz qarzdorlik yoki boshqa huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang.
























