Выберите язык

⚡️ Qarshi shahrida 6 000 000 so‘mlik yaroqsiz muzlatgich yangisiga almashtirildi

🛒 Maishiy texnika xarid qilayotgan har bir iste’molchi mahsulotning sifatli va soz holatda bo‘lishini kutadi. 

🧊 Ayniqsa, yoz mavsumida muzlatgich xonadonning eng zarur jihozlaridan biri hisoblanadi. 

❕Agar xarid qilingan mahsulot nosoz chiqsa, iste’molchi uni almashtirish yoki qonuniy huquqlarini talab qilishga haqlidir.

📍 Qashqadaryo viloyati

📜 Murojaatda qayd etilishicha, Qarshi shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro A. F. "Do'stlik" savdo majmuasidagi M-TECH TEXNO BARAKA do‘konidan 6 000 000 so‘mga “Avangard” rusumli muzlatgich xarid qilgan.

⚙ Uyga olib kelib ishga tushirganda motor qismi nosoz ekanligi aniqlangan. Do‘konga murojaat qilganiga qaramay, muammo o‘z vaqtida hal etilmagan.

🏛 Shundan so‘ng fuqaro Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

🖋 Jamiyat mutaxassislari masalani atroflicha o‘rganib, do‘kon rahbariyati bilan muzokara olib bordi 

✅ Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida iste’molchining huquqlari tiklanib, nosoz muzlatgich yangisiga almashtirildi.

✔️ Bu kabi holatlarda fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari muhimdir. 

⚖ Iste’molchi huquqlarini himoya qilish — adolat va ishonchni ta’minlashning muhim kafolatidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening