Выберите язык

⚡️ Shahrisabz shahrida yana bir isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi

💻 Bugungi kunda noutbuk ta'lim olish, masofadan ishlash va kundalik vazifalarni bajarishda eng muhim texnik vositalardan biriga aylangan.

✔️ Shu sababli xarid qilingan mahsulot sifatli va belgilangan talablarga javob berishi iste'molchining qonuniy huquqidir.

📜 Afsuski, ayrim hollarda nosoz mahsulotlar iste'molchilarni noqulay vaziyatga solib qo'yadi. 

⚖ Bunday holatlarda esa iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning manfaatlarini tiklashga xizmat qiladi.

📍 Qashqadaryo viloyati

📑 Ma'lum etilishicha, Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro C.A. “Idea Concept Group” MChJ do‘konidan Chuvy rusumli noutbuk xarid qilgan.

⚙️ Biroq noutbuk nosoz chiqib, iste’molchi bundan norozi bo‘lgan.

🖋 Bo'lib o'tgan vaziyatni do'kon xodimlariga tushuntirganda do'kon ishchilari iste'molchini eshitishni ham istamagan. 

🏢 Shundan so'ng fuqaro huquqiy yordam so‘rab Shahrisabz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Jamiyat mutaxassislari masalani o‘rganib, savdo korxonasi xodimlari bilan birgalikda ish olib borgan.

🔁 Natijada nosoz noutbuk yangi yaroqli noutbukka almashtirib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.

🏛 Mazkur murojaat ham Shahrisabz shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan qonunchilik asosida ko'rib chiqilib, iste'molchining buzilgan huquqlari tiklandi.

❗️Agar siz ham sifatsiz mahsulot yoki xizmatga duch kelsangiz, huquqlaringizni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishdan tortinmang.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening