Выберите язык

Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga qonuniy yechim topish O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida ko‘plab muammolar o‘z yechimini topib, iste’molchilarning qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Toshkent shahri Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A. tomonidan yozma murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro stomotologik xizmatlardan foydalanish maqsadida "Nurli Koz" MCHJga 4 million so‘m miqdorida pul mablag‘i to‘lagani, biroq stomotologik xizmat belgilangan muddatda amalga oshirilimaganligidan norozilik bildirib, to'lagan mablag'larini qaytarib olishda amaliy yordam so'ragan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar tahlil qilindi hamda tomonlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Olib borilgan muzokaralar davomida yuzaga kelgan nizoni sudgacha hal etish va iste’molchining manfaatlarini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. Xususan, “NURLI KOZ” MChJ tomonidan fuqaro X.A.ga avval to‘langan 4 million so‘m miqdoridagi mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.
Ushbu holat iste’molchilar murojaatlariga tezkor va samarali munosabat bildirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelgan nizolarni amaliy yo‘l bilan hal etish borasida Federatsiya tizimi tomonidan olib borilayotgan ishlarning navbatdagi amaliy natijasi bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening