Выберите язык

⚡️ Kitob tumanida 2 million so‘mlik maishiy texnika uchun to‘langan mablag‘ iste’molchiga qaytarildi

🛒 Maishiy texnika xarid qilayotgan har bir iste’molchi mahsulot sifatli bo‘lishi va shartnoma shartlari to‘liq bajarilishiga ishonadi. 

✔️ Agar mahsulot nosoz chiqsa va shartnoma bekor qilinsa, iste’molchining to‘lagan mablag‘i qonunchilikka muvofiq qaytarilishi lozim. 

❕Afsuski, ayrim holatlarda ushbu huquq buzilishi uchrab turadi.

📍 Qashqadaryo viloyati

📜 Xuddi shunday holatlardan biri, Kitob tumanida yashovchi fuqaro X.B. kuni “Shodlik” savdo markazidan muddatli to‘lov asosida 2 025 000 so‘mlik maishiy texnika xarid qilgan. 

📄 Keyinchalik texnika nosoz chiqqanligi sababli iste'molchi maxsulotni qaytarib olib borgan va shartnomani bekor qilgan. Biroq to‘langan pullar qaytarilmagan.

🖋 Fuqaro bu holatdan norozi bo‘lib, Kitob tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

🏢 Tuman jamiyati mutaxassislari masalani yetarlicha o‘rganib, savdo markazi rahbariyati bilan muzokara olib borishdi.

✅ “Shodlik” savdo markazi tomonidan qaytarib olingan maishiy texnikalar uchun to‘langan 2 025 000 so‘m fuqaroga to‘liq qaytarib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.

⚖ Iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifalardan biridir. 

❗️Agar siz ham shunga o‘xshash muammoga duch kelsangiz, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun hududingizdagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening