⚡️ Adolat qaror topdi: Qarshi shahrida iste’molchiga nisbatan yuklatilgan asossiz qarzdorlik bekor qilindi
📱Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, xususan, mobil aloqa vositalari kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
🛒 Har bir inson o‘z ehtiyojidan kelib chiqib sifatli aloqa vositasidan foydalanishni istaydi. Biroq ularning narxi yuqori bo‘lgani sababli, ko‘pchilik fuqarolar qulaylik yaratish maqsadida muddatli to‘lov (nasiya) asosida xarid qilish usulini tanlaydilar.
✔️ Bu tizim o‘z vaqtida va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda har ikki tomon — ham xaridor, ham sotuvchi uchun manfaatli hisoblanadi.
📍 Qashqadaryo viloyati
📜 Ma'lum qilinishicha, Koson tumanida yashovchi fuqaro M.E Qarshi shahridagi “Munis” savdo do‘konidan o‘z nomiga muddatli to‘lov asosida telefon xarid qilgan.
📄 Barcha to‘lovlarni to‘liq bajarganiga qaramay, do‘kon tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz sudga da’vo arizasi kiritilib, MIB orqali 9 795 000 so‘m qarzdorlik undirilishi boshlangan.
📑 Fuqaro bu holatdan norozi bo‘lib, Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
🏢 Jamiyat mutaxassislari masalani chuqur o‘rganib, savdo do‘koni va tegishli organlar bilan ishlashdi.
✅ Asossiz kiritilgan da’vo arizasi bekor qilindi, fuqaroga nisbatan hisoblangan 9 795 000 so‘m qarzdorlik olib tashlandi va ijro harakatlari to‘xtatildi. Murojaat ijobiy hal etildi.
✔️ Mazkur voqea har bir iste’molchi uchun katta hayotiy saboq va muhim xulosa vazifasini bajarishi lozim. Har qanday muddatli to‘lov asosida qimmatbaho buyum yoki texnika xarid qilinganda, shartnomaning har bir bandiga e’tibor qaratish, amalga oshirilgan har bir to‘lov kvitansiyasi, chek va tasdiqlovchi hujjatlarni saqlab qo‘yish favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚖ Chunki moliyaviy hujjatlar — sizning haqligingizni isbotlovchi eng asosiy dalildir. Unutmang, qonun va adolat har doim iste’molchi tomonida, faqatgina o‘z haq-huquqlarini o‘z vaqtida va qonuniy yo‘llar bilan talab qilishni bilish kerak.
❗️Muddatli to‘lovlar orqali amalga oshirilgan xaridlaringiz doimo ko‘ngildagidek bo‘lsin va hech qachon asossiz da’volarga duch kelmang!
























