Выберите язык

   2026-yil  30-iyul kuni Navoiy viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasida 2026-yilning I–II chorak yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hududiy birlashma rahbariyati, shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari raislari, mas’ul xodimlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
  Yig‘ilish davomida joriy yilning dastlabki olti oyida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, iste’molchilarga yetkazilgan zararlarni undirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda a’zolik ko‘rsatkichlari yuzasidan erishilgan natijalar sarhisob qilindi.
  Shuningdek, faoliyat davomida aniqlangan kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, tizim samaradorligini yanada oshirish hamda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
  Kengash yig‘ilishi hududlarda iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va qonuniy yechim topish, shuningdek, tizim faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening