Выберите язык

⚡️ Qarshi shahrida Cobalt avtomobili nosozligi bo‘yicha iste’molchi huquqi himoya qilindi

🚘 Avtomobil — oila uchun nafaqat qulay transport vositasi, balki ishonch va xavfsizlik ramzi.

✔️ Uni yangi holatda sotib olganda, kafolat muddati davomida sifatli servis xizmati ko‘rsatilishi har bir xaridorning qonuniy huquqidir.

📍 Qashqadaryo viloyati

📑 Maʼlumotda qayd etilishicha, Koson tumanida yashovchi fuqaro L.R. Qarshi shahridagi “Chevrolet” avtosalonidan Cobalt rusumli avtomobil xarid qilgan.

⚙ Biroq avtomobilda nosozlik aniqlangan. Avtosalon tomonidan kafolat asosida servis xizmati o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatilmagan.

🏢 Fuqaro bu holatdan norozi bo‘lib, Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

🏛 Jamiyat mutaxassislari masalani chuqur o‘rganib, avtosalon rahbariyati va servis markazi bilan ishlashdi.

✅ Avtomobildagi nosozlik bo‘yicha kerakli ehtiyot qismlarga buyurtma berilib, kafolat asosida ta’mirlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Murojaat ijobiy hal etildi.

⚖ Yangi avtomobil xarid qilganda kafolat va sifatli servis — sizning huquqingiz.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening