Выберите язык

Asossiz deb aniqlangan salkam 5 million soʻmga yaqin boʻlgan noreal qarzdorlik  - sud  tomonidan isteʼmolchi foydasiga hal etildi

Kommunal to’lovlar, ularni tizimli va muddatli to’lash madaniyati, texnik xatoliklar tufayli vujudga kelgan noreal qarzdorliklar, ularni so’ndirish bilan bog’liq masalalar xususida qator maqolalar chop etilgan.

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro Babanazarov Olim Shadmanov tumandagi "Hududgaz Qashqadaryo gaz " taʼminoti filiali Koson tumangaz taʼminoti boʻlimiga nisbatan asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob kitob qilish majburiyatini yuklatish haqidagi davo arizasi boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan. Davogar Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Koson tumani jamiyati ijro etuvchi apparatining fuqaro Babanazarov Olim Shadmanov manfaatini koʻzlab sudga davo arizasi bilan "Hududgaz Qashqadaryo gaz" taʼminoti filiali Koson tumangaz taʼminoti murojaat qilib, unda javobgar Qashqadaryo hududiy filialining zimmasiga fuqaro Babanazarov Olim Shadmanov oʻgʻliga asossiz deb hisoblangan  4 270 080 soʻm qarzdorlikni qayta hisob kitob qilish majburiyatini yuklatishni soʻragan. 

Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro Koson tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat tomonidan huquqiy yordam koʻrsatilgan holda Fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudiga davo arizasi kiritildi.

Sud jarayonlari yakuniga koʻra, isteʼmolchiga yuklatilgan noreal qarzdorlik bekor qilindi.

✅ Mazkur holat shundan dalolat beradiki, iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishlari va ularni himoya qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Agar tovar yoki xizmat ko‘rsatuvchi shartnoma shartlarini bajarmasa, har bir fuqaro qonun asosida o‘z manfaatlarini himoya qila oladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening