Выберите язык

 Qarshi shahrida yana bir targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Ma'lumki, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni targʻib qilish Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Federatsiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini bajarish doirasida aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targʻib qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida nodavlat-notijorat tashkilotlari, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlikda huquqiy-maʼrifiy mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va oʻquv seminarlari doimiy ravishda o'tkazib kelinmoqda.

2026-yil 30 - mart kuni “Biz barchamiz isteʼmolchimiz” rukni ostida oʻquv seminar tashkil etildi. Bunda Qarshi shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 oktabrdagi “Iste'molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-296- sonli qarori bo‘yicha Isteʼmolchi murojaati axborot tizimini ishga tushirishi to'g‘risida, "Sirli mijoz" to‘g‘risidagi nizom yuzasidan oʻquv seminar oʻtkazilib, markaz shifokorlari va hamshiralariga tushuntirish ishlari olib borildi. 

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi mutaxassisi R.Berdiyev maʼruza qildi va Qarshi shahar jamiyati raisi H.Begmatov Federatsiyaga a’zolik tartibi to‘g‘risida yig‘ilish qatnachilari bilan suhbatlashdi. Yig‘ilish qatnashchilari  hamda markaz bosh shifokori o‘rinbosari B.Shodiyevlar tomonidan qo‘shimcha savol- javob orqali fikr almashildi, shu bilan bir qatorda jamiyat va filial o‘rtasida kelishuv bayonnomasi mavjudligi, Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola salomatligi ilmiy amaliy markazi Qashqadaryo filialida tayanch guruhi tashkil etilgan bo‘lib, 680 nafar shifokor va hamshiralar Federatsiya aʼzoligiga qabul qilinganligi va a'zo  bo‘lganlarga qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkinligi, barcha murojaatlar federatsiyani 10-91 qisqa raqami orqali qabul qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tayanch guruhi bilan xamkorlikni yo'lga qo'yish yuzasidan o‘zaro ikki tomonlama kelishuv rasmiylashtirilgan.

✅Oʻquv seminar samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, sog‘lom jamiyat poydevorini yaratishda tibbiyot xodimlarining o‘rni naqadar muhim ekani yana bir bor ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening