Выберите язык

Asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi
 
Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tuman ijro etuvchi apparatiga murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro xonadonida ichimlik suvidan foydalanib kelayotgan bo‘lsa-da, unga abonent raqami rasmiylashtirilmagani hamda buning natijasida 4 million 120 ming so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangani yuzasidan norozilik bildirilgan.

Mazkur murojaat Yangiqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari, mahalla mas’ullari hamda ichimlik suvi ta’minoti tashkiloti vakillari ishtirokida o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida iste’molchiga hisoblangan 4 million 120 ming so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi. Shuningdek, fuqaro uchun tegishli tartibda abonent raqami ochib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening