Выберите язык


Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xarid qilingan tovarlarda yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etishga ko‘maklashish Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining muhim vazifalaridan biridir.
Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, xarid qilgan konditsionerida yuzaga kelgan nuqson bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.
Murojaat Angor tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Aniqlanishicha, fuqaro 2026-yil 1-iyul kuni Angor tijorat bozori hududidagi 17/9-sonli maishiy texnikalar do‘konidan “Immer” rusumli konditsionerni 3 million 600 ming so‘mga, 3 yillik kafolat bilan xarid qilgan.
Biroz vaqt o‘tgach, konditsionerning tashqi qismidagi parrakda nuqson yuzaga kelgan. Iste’molchi ushbu holatni do‘kon xodimlariga ma’lum qilib, mahsulotni ta’mirlash yoki almashtirib berishni so‘ragan. Biroq do‘kon xodimlari iste’molchiga servis xizmatiga murojaat qilishni tavsiya etgan.
Shundan so‘ng fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida jamiyat mutaxassislari do‘kon xodimlari bilan uchrashib, iste’molchining qonuniy talablari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi. Shuningdek, do‘kon vakillari va servis xizmati ustasi ishtirokida konditsioner texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘rganish va ko‘rilgan amaliy choralar natijasida konditsionerning tashqi parrak qismidagi nuqson ta’mirlab berildi. Hozirgi kunda mazkur konditsioner nuqsonsiz va me’yorida ishlamoqda.
Shu tariqa iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning xarid qilingan tovardan sifatli va to‘laqonli foydalanish imkoniyati ta’minlandi.
Mazkur holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va tovar kafolati davrida yuzaga kelgan nuqsonlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening