Выберите язык

Asossiz qarzdorlik aniqlandi.

Fuqarodan kelib tushgan murojaat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaatda kommunal xizmat bo‘yicha hisoblangan qarzdorlikdan norozi ekanligi bildirilgan.

O‘rganish jarayonida tuman Toza hudud tashkiloti mas’ul xodimi ishtirokida abonent ma’lumotlari billing bazasi orqali tekshirildi. Tekshiruv davomida ayrim davrlarda xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, abonent hisobiga qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasida iste’molchiga yozilgan qariyb bir million so‘m miqdoridagi qarzdorlik asossiz ekani aniqlanib, ushbu qarzdorlik bekor qilindi.

Natijada iste’molchining qonuniy huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening