Выберите язык

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni mas'ul vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilanib, sohaga mas'ul rahbarlarga shu kuni mahalla, ta'lim muassasalariga borib, yoshlarni eshitish, ularning muammolarini hal qilish kabi vazifalar yuklatilgandi. Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan bir sharoitda barcha darajadagi rahbarlarni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bu kabi yangi ish tizimiga o‘tishi esa yoshlarimizni turli tahdidlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan himoya qilishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Shu nuqtai nazardan, bugun Qo‘mitaning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Federatsiyaning viloyat hududiy birlashmasi mas'ul xodimlari Central Asian Universityning bir guruh talabalari bilan uchrashib, ular bilan iste'molchilik sohasiga oid masalalarda suhbat o‘tkazdilar. Bu galgi suhbat mavzusi yoshlar uchun qiziq bo‘lgan "nazorat xaridi" hamda "sirli mijoz" tadbirlarini o‘tkazish yo‘l-yo‘riq va tartiblari, joriy yilning o‘tgan davrida Raqobat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat xaridi natijalari yuzasidan bo‘ldi. Tadbirda so‘z olgan yoshlar bu kabi tadbirlarning mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sotuvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish yo‘li bilan narxlar barqarorligini ta'minlash borasidagi ahamiyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Tadbir doirasida yoshlar va ularning ustozlariga iste'molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelinganda vakolatli davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yo‘llari va tartiblari ham eslatib o‘tildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening