Выберите язык

Asossiz qarzdorlik
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan chiqindilarni olib ketish xizmati bo‘yicha asossiz qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotga tegishli so‘rov yuborildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning xonadoniga ayrim oylar davomida amalda xizmat ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ushbu davr uchun qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.
Jamiyat aralashuvi natijasida mazkur hisob-kitob qayta ko‘rib chiqilib, asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi. Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning buzilgan huquqi tiklandi.
Mazkur holat fuqarolarga amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanishiga yo‘l qo‘ymaslik, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda murojaatlarning muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening