Выберите язык

HONOR X7D rusumli telefon boshqasiga almashtirib berildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Ishonch telefoni orqali 2026-yilda  fuqaro tomonidan  murojaat kelib tushdi.
Murojaatda Bulung‘ur tumani, Fozil Yo‘ldosh mahallasida joylashgan “ISHONCH” savdo do‘konidan 3-avgust kuni HONOR X7D rusumli telefonni muddatli to‘lov asosida shartnoma tuzib xarid qilgani, biroq telefonda old kamera ishlamasligi aniqlangani sababli uni savdo do‘koniga qaytarib olib kelgani, ammo do‘kon rahbari tomonidan telefon almashtirib berilmagani bayon etilgan.
Mazkur murojaat Bulung‘ur tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida “ISHONCH” savdo do‘koni rahbariga iste’molchining qonuniy huquqlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Natijada HONOR X7D rusumli, nosozligi mavjud telefon boshqa yangi telefonga almashtirib berildi. Shu tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening