Sariosiyo tumanida fuqaroning aviachipta bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sariosiyo tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Uzun tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro Allaev Davron tomonidan yo‘llangan.
Fuqaro 2026-yil 10-sentabr kuni Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi nomiga murojaat qilib, Sariosiyo–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta uchun to‘lov qilgani, biroq unga Termiz–Toshkent yo‘nalishidagi aviachipta berilganidan noroziligini bildirgan.
Mazkur murojaat jamiyatning huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori M. O‘lmasov, “Avia Tour Surxon” MChJ boshlig‘i Ch. Mardiev hamda fuqaro ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, fuqaroning aviachipta uchun to‘lagan mablag‘i yuzasidan masala hal etildi. Natijada aviachipta uchun to‘langan 400 000 so‘m mablag‘ fuqaro Allaev Davronga qaytarib berildi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaati ta’minlandi.
Mazkur holat xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchiga buyurtma qilingan xizmat haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumot taqdim etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
























