Выберите язык

Denov tumanida 1-DMTTning gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaati ijobiy hal etildi

Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Denov tumani “Bogi Eram” MFY, Obod O‘lka ko‘chasi, 89-uyda joylashgan 1-DMTT direktori M. Yusupova tomonidan yo‘llangan.

Fuqaroning 2026-yil 24-avgustdagi №52-sonli murojaati jamiyat tomonidan uning ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida Denov tuman gaz tarmog‘i ta’minoti tomonidan 1-DMTTga vaqtinchalik gaz berish to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur masalani hal etish maqsadida gaz ta’minoti xodimlari ishtirokida qayta o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada 1-DMTTga gaz ta’minoti qayta yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Shu tariqa, murojaatda ko‘tarilgan masala amaliy jihatdan ijobiy hal etilib, ta’lim muassasasining gaz ta’minoti tiklandi.

Mazkur holat kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni bartaraf etish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi murojaati — e’tiborda! Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening