Sariosiyo tumanida fuqaroning maishiy texnika bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda xarid qilingan mahsulotlarda yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish borasida Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Sariosiyo tumani “Xulkar” MFY, Xulkar ko‘chasi, 16-uyda yashovchi fuqaro M. Ro‘ziyev tomonidan yo‘llangan.
Fuqaroning 2026-yil 17-sentabrdagi №26830/26-sonli murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida fuqaro “Premer” kompaniyasidan 1 600 000 so‘mga televizor xarid qilgani va xarid qilingan televizorda nuqson mavjudligi aniqlangan.
Murojaat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, nuqsonli televizor Denov tuman “Premer servis” tomonidan ta’mirlanib berildi. Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy jihatdan ijobiy hal etildi.
Fuqaro murojaati natijasidan xabardor qilingan hamda unga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasiga asosan murojaat qilish huquqi mavjudligi tushuntirilgan.
Mazkur holat iste’molchilarning xarid qilgan maishiy texnikasida nuqson aniqlangan taqdirda, muammoni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mahsulotni tegishli tartibda ta’mirlash orqali iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlangan taqdirda, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi mumkin.
























