Выберите язык

Avtomashina ta’miridagi muammo iste’molchi foydasiga hal etildi
2026-yil 8-sentabr kuni Narpay tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Samarqand viloyati Narpay tumani Xalqobod MFYda yashovchi fuqaro Sh.B. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro Narpay tumani Oqtosh MFY hududida joylashgan servisda avtomashinasining motor qismini sozlatgani, xizmat uchun 3 oylik kafolat berilganiga qaramay, avtomashina bir hafta o‘tib yana nosoz holatga kelganini bildirgan.
Murojaat Narpay tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari tushuntirilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening