Выберите язык

Paxtachi tumanida dorixona faoliyati o‘rganildi
Paxtachi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanda joylashgan “Shamis” dorixonasi faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida dorixonada aholiga dori vositalari va boshqa tibbiy mahsulotlarni sotish jarayoni, ularning yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda narxlarning iste’molchilarga ochiq va tushunarli tarzda ko‘rsatilgani ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni taklif etish, savdo jarayonida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, dori vositalarining belgilangan talablarga muvofiq saqlanishini nazorat qilish hamda savdo madaniyatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari Paxtachi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening