Выберите язык

Davlat tiliga hurmat — kundalik faoliyatimizdan boshlanadi
Samarqand tumanida davlat tilida ish yuritish va uning amaldagi qo‘llanilishini yanada takomillashtirish maqsadida ovqatlanish shoxobchalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish va targ‘ibot ishlari davomida ovqatlanish shoxobchalaridagi peshlavha, reklama, e’lon, menyu hamda iste’molchilarga taqdim etiladigan axborotlarning davlat tilida to‘g‘ri va amaldagi me’yorlarga muvofiq rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, yozuvlarda imlo qoidalariga rioya etish hamda iste’molchilarga zarur ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur targ‘ibot ishlari davlat tilining nufuzini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasida davlat tilidan to‘g‘ri foydalanishni kengaytirish hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu ishlar Samarqand tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening