Выберите язык

   2026-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram-boti orqali Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro N.T. tomonidan yuborilgan murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi.
  Murojaatda fuqaro Navoiy shahrida joylashgan avtomobil ijarasi xizmatidan foydalangani, xizmatdan foydalanish jarayonida garov sifatida 2 400 000 so‘m pul mablag‘i qoldirgani, avtomobilni belgilangan muddatda va soz holatda qaytarganiga qaramay, garov puli o‘ziga qaytarilmayotganini bildirgan.
Murojaat yuzasidan mas’ullar ishtirokida o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, garov tariqasida qoldirilgan 2 400 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening