Выберите язык

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro A.Mamatqulov O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilib, «IDEA» savdo do‘konidan 5 mln 800 ming so‘mga xarid qilgan muzlatgichi ikki oy ichida besh marta nosoz holatga kelganini ma’lum qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, har safar servis xizmatiga murojaat qilinib, ustalar chaqirilgan bo‘lsa-da, nosozlik bartaraf etilmaydi. Oqibatda muzlatgich sovutmagani sababli unda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ham yaroqsiz holga keladi. 

Murojaat Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi. Natijada nosoz muzlatgich iste’molchiga yangisiga almashtirib berildi va uning talabi to‘liq qanoatlantirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening