Выберите язык

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga fuqaro Q.D tomonidan 1091 ishonch telefoni orqali quyidagi tartibda murojaat kelib tushgan.

Iste’molchi Nukus shahridagi Mega savdo markazida joylashgan "Kapitalbank" filiallaridan biriga borib plastik kartasidan 200 ming so‘m mablag‘ini naqd pul qilib olmoqchi bo‘lgan. Biroq plastik kartasidan pul yechilgan bo‘lsa-da bankomat pul chiqarib bermagan.

Ushbu yoqimsiz holat bo‘yicha Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tegishli tartibda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Natijada bankomatning texnik nosozligi sababli naqd pul chiqmaganligi aniqlandi va "Kapitalbank" bosh ofisi tomonidan iste’molchining bank plastik kartasiga pul tushirib berilib, muammo qisqa muddat ichida bartaraf etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening