Выберите язык

⚡️ Mirishkor tumanida iste’molchining huquqi tiklandi: nosoz kir yuvish mashina yangisiga almashtirildi

Kundalik turmushning uzilmas boʼlagiga aylanib ulgurgan chang yutgich, kir yuvish mashina, televizor, muzlatgich va yana insonlarning qator ogʻirini yengil qiladigan maishiy texnika vositalarini sanab oʻtishimiz mumkin. Tanganing ikkinchi tomoni boʼlganidek, zamonaviy maishiy texnika vositalarida ham kamchilik va nuqsonlar kuzatiladi.

Murojaatda keltirilishicha, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro N.R tumanda joylashgan savdo majmualarning biridan 2 100 000 soʻmga "VESTA" rusumli yarim avtomat kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, kir mashina yaroqsiz ekanligi aniqlangan. Fuqaro muammoni aytish maqsadida savdo doʻkoniga borganida doʻkon rahbari eshitishni ham istamagan. Shundan soʻng isteʼmolchi Mirishkor tumani jamiyati mutaxassislari amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan Mirishkor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan holat o‘rganildi. 

Do‘kon xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi talablari tushuntirilib, mahsulot kamchilik bilan sotilgan taqdirda iste’molchi uni xuddi shunday yangi mahsulotga almashtirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli ekani ma’lum qilindi.

✅ Mutaxassislarning o‘z vaqtida aralashuvi va qonuniy tushuntirishlari natijasida, iste’molchining  nosoz chiqqan kir yuvish mashinasini shu rusumdagi yangi yaroqli kir yuvish mashinasiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening