Tizim tashkilotlari tomonidan ta'lim sohasi tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlarning iste'molchilik sohasiga oid huquqiy bilimlarini oshirish va soha yangiliklaridan xabardorligini ta'minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Beshariq tumani
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan 24-umumta'lim maktabi jamoasi ishtirokida tashkillangan tadbirda ta'lim tashkiloti xodimiga iste'molchilik ijtimoiy harakatidagi ishtirokning ahamiyati va afzalliklari, iste'mol sohasiga oid masalalarda kundalik turmush jarayonida duch kelinadigan muammolarga yechim topishda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy va amaliy yordamlar yuzasidan tushuntirishlar hamda joriy yilning o‘tgan davrida tizim tashkilotlari tomonidan aholining sohaga oid huquqiy bilimini oshirish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi natijalari yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Toshloq tumani
Sport maktabi jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid so‘nggi yangiliklar, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ularning huquqiy bilim va iste'mol madaniyatini oshirishda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarini tutgan o‘rni va roli, qonunchilik ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati natijalari, iste'molchilarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar hamda ularni o‘rganib chiqilishi natijalari yuzasidan ma'lumotlar berib o‘tildi.
Quvasoy shahri
Hududdagi 22-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi bilan uchrashgan Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari muassasa xodimlariga Federatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, korxona, tashkilot, idora va muassasalarda Federatsiya tayanch guruhlarini tashkillash hamda ularning faoliyati asoslari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra mazqur muassasada Federatsiyaning tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Yozyovon tumani
Tuman iste'molchilar huquqlarini jamiyati mas'ullari hamda 8-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari ishtirokidagi uchrashuvda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hamda iste'molchilik ijtimoiy harakatiga taalluqli masalalardagi so‘nggi islohot va yangiliklar, aholining murojaatlari bilan ishlash natijalari, qonunchilik asosida olib borilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari yakunlari haqida axborotlar berib o‘tilib, sohaga daxldor masalalarda fikr va mulohazalar almashildi.
























