Выберите язык


Bugungi kunda sartaroshxona xizmatlari keng tarqalgan bo‘lib, aholining kundalik ehtiyojiga aylangan. Biroq, ushbu xizmatlardan foydalanishda gigiyena qoidalariga amal qilinmasa, inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘ilishi mumkin.
Avvalo, sartaroshxonalarda ishlatiladigan barcha asbob-uskunalar — ustara, qaychi, taroq va elektr mashinkalar har bir mijozdan so‘ng albatta dezinfeksiya qilinishi lozim. Ayniqsa, ustara (lezviya) bir martalik bo‘lishi va har bir mijoz uchun yangisi ochilishi shart.
Gigiyena talablariga amal qilinmagan hollarda qon orqali yuqadigan xavfli kasalliklar tarqalishi mumkin. Jumladan, Gepatit B, Gepatit C hamda OIV (HIV) kabi kasalliklar asosan kesilish yoki jarohatlanish orqali yuqadi. Shu sababli hatto kichik jarohatlar ham jiddiy xavf manbai bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, sartaroshning shaxsiy gigiyenasi ham muhim ahamiyatga ega. U toza kiyimda bo‘lishi, qo‘llarini muntazam yuvishi, zarur hollarda qo‘lqopdan foydalanishi lozim. Har bir mijoz uchun alohida yoki tozalangan sochiq va yopinchik ishlatilishi kerak.
Sartaroshxonaning umumiy holati ham iste’molchilar uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Toza, tartibli va sanitariya talablariga javob beradigan joyda xizmat ko‘rsatilishi, dezinfeksiya vositalarining mavjudligi, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi — bularning barchasi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, har bir iste’molchi sifatli va xavfsiz xizmat olish huquqiga ega. Shu bois, fuqarolar xizmatdan foydalanish jarayonida tozalikka e’tibor qaratishi, zarur hollarda asboblarni almashtirishni talab qilishi yoki xizmatdan voz kechishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, sartaroshxonada oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali ko‘plab kasalliklarning oldini olish mumkin. Har bir iste’molchi o‘z salomatligiga befarq bo‘lmasligi lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening