Joriy yilning 10-noyabr kuni Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Toşkent şahar hududiy birlaşmasining 2021–2026-yillar davomida amalga oşirgan işlari sarhisobiga bağişlangan hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi.
Mazkur konferensiyada Federatsiya vakillari, Toşkent şahar hududiy birlaşmasi rahbariyati, tuman jamiyatlari vakillari hamda hamkor taşkilotlar iştirok etdi.
Konferensiya davomida iştirokçilarga Toşkent şahar hududiy birlaşmasining sönggi beş yil mobaynida amalga oşirgan işlari, erişilgan natijalari va kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.
Hisobot davrida iste’molçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, aholi örtasida iste’mol madaniyatini yuksaltiriş, fuqarolarning murojaatlarini örganiş va ularning buzilgan huquqlarini tiklaş borasida salmoqli işlar amalga oşirildi.
Jumladan, 2021–2026-yillar davomida Toşkent şahar hududiy birlaşmasi va uning tuman jamiyatlariga jami 8 965 ta murojaat kelib tuşgan. Uşbu murojaatlarning 5 900 tasi iste’molçilar foydasiga ijobiy hal etilib, umumiy murojaatlarning qariyb 65,8 foizini taşkil etdi. Eng muhimi, murojaatlarni örganiş va amaliy çoralar köriş natijasida iste’molçilar manfaatlari yölida jami 10 milliard 780 million sömlik qayta hisob-kitob amalga oşirilişiga erişildi.
Bu raqamlar ortida minglab fuqarolarning tiklangan huquqlari, himoya qilingan manfaatlari va Federatsiyaga bildirilgan işonç mujassam. Har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondaşiş, muammoni şunçaki örganiş bilan çeklanmay, uning amaliy yeçimiga erişiş hududiy birlaşma faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bölib kelmoqda.
Şuningdek, hududiy birlaşma va tuman jamiyatlari tomonidan aholi bilan manzilli işlaş, savdo va xizmat körsatiş sohalarida iste’molçilar huquqlariga rioya etilişi yuzasidan örganişlar hamda monitoring tadbirlarini taşkil etiş, ta’lim va tibbiyot muassasalarida tarğibot uçraşuvlari, davra suhbatlari va ijtimoiy sörovnomalar ötkaziş borasida olib borilayotgan faoliyat ham konferensiya iştirokçilariga taqdim etildi.
Ayniqsa, Federatsiyaning 1091 işonç telefoni orqali kelib tuşayotgan murojaatlarni öz vaqtida körib çiqiş, har bir murojaat ortida inson manfaati va işonçi turganini çuqur anglagan holda ularni ijobiy hal etiş yönalişidagi işlar alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida ötgan beş yillik faoliyat mobaynida erişilgan yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammolar, yöl qöyilgan kamçiliklar va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar ham muhokama qilindi. Iştirokçilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar kelgusidagi faoliyatni yanada samarali taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Hisobot-saylov konferensiyasi yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinib, hududiy birlaşmaning kelgusi faoliyati uçun ustuvor yönalişlar belgilab olindi.
Zero, iste’molçi manfaatlarini himoya qiliş — bu şunçaki vazifa emas, balki har bir fuqaroning huquqi, işonçi va manfaatlari uçun mas’uliyat bilan xizmat qilişdir. Ötgan beş yillik faoliyat esa uşbu ezgu maqsad yölida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalarning muhim sarhisobi böldi.
BEŞ YILLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI: HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI BÖLIB ÖTDI
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 9
























