Выберите язык

   2026-yil 20-oktyabr kuni Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Sh.M. yozma murojaat bilan murojaat qildi.
🔹 Fuqaro murojaatida xonadonidagi isitish qozonini (kotelni) 2 000 000 so‘m evaziga ta’mirlatgani, biroq oradan qisqa muddat o‘tib, uskuna yana nosoz holatga kelib qolganini bildirgan.
⚖️ Mazkur murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rildi.
✅ Natijada, isitish qozonini qayta sifatli ta’mirlab berishda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shu orqali iste’molchining muammosi ijobiy hal etildi.
🤝 Iste’molchi huquqlarini himoya qilish, sifatsiz xizmat ko‘rsatish holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash — jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
📞 Agar siz ham iste’molchi sifatida muammoga duch kelsangiz, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening